“Shaqildog‘idan” nomli qo‘shig‘i bilan tanilgan Shohsanam olti yillik tanaffusdan so‘ng, ijodini davom ettirishga qaror qildi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Xonandaning aytishicha, o‘tgan yillar davomida u o‘zini butkul oilasi va farzandlariga bag‘ishlagan.
Hozirda u yangi “Shahzodam” nomli qo‘shig‘i bilan o‘z faoliyatini davom ettirishga shay bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Shohsanamning o‘g‘li ham Bek taxallusi bilan ijod boshladi.
Izoh (0)