Hech qanday hujjatlarsiz yalang‘och erkak 18-fevral oqshomida Moskvadagi AQSh elchixonasiga kirishga urindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ismi oshkor qilinmayotgan erkak Novinskiy xiyobonida devordan oshib o‘tgach qo‘lga olingan.
Qoidabuzar qo‘riqchilarga uni kuzatishayotgani uchun binoda yashirinishga uringanini ma’lum qilgan. Erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Izoh (0)