Kecha, 17-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da “Buxoro” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahriga yetib keldi. Jamoa mehmonxonaga joylashib olishi bilanoq, mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Turkiya yig‘ini doirasida nazorat uchrashuvlari bilan birga jamoa yana bir qancha legionerlarni ko‘zdan kechiradi.
Hozir jamoa ixtiyoriga ko‘rikdan o‘tish uchun Kolumbiyadan yangi legioner Raul Kuesto yetib keldi. 1988-yil 23-aprelda tug‘ilgan Raul Kuestro himoyachi hisoblanadi. Jamoa murabbiylar shtabi ushbu futbolchining agenti taqdim etgan barcha videomateriallarni ko‘zdan kechirdi va uni jamoaga taklif etdi. Nazorat uchrashuvlarida Kuesto o‘zini ijobiy tomonidan ko‘rsata olsa, jamoa bilan shartnomaga imzo chekib, Buxoroga keladi va ushbu janubiy amerikalik futbolchi O‘zbekistonda o‘ynagan birinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi.
Bundan tashqari, bir necha mavsum “Bunyodkor” sharafni himoya qilgan futbolchi Alibobo Rahmatullayev Antaliyada “Buxoro” yig‘iniga kelib qo‘shildi.
Ushbu futbolchilarning jamoada qolish-qolmasligi nazorat uchrashuvlaridagi harakatlariga bog‘liq.
Izoh (0)