Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan shu yilning 16-fevralidan butun O‘zbekiston bo‘ylab “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida aholi, shu bilan birga, urush va mehnat faxriylari hamda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haftaligi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent. Foto: wikipedia.org

Toshkent. Foto: wikipedia.org

Ushbu yirik ijtimoiy tadbir davomida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarda sog‘lom oila qurishga intilishni kuchaytirish, turli xastaliklarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib boriladi.

Shu yilning 16-21-fevral kunlari butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ijtimoiy aksiyada respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 300 nafarga yaqin yetakchi olim va yuqori malakali shifokorlari ishtirok etadi. Ular mamlakatning barcha hududlarida bo‘lib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Bu galgi Salomatlik haftaligi qamrovi yanada kengaydi. Unda xirurg, akusher-ginekolog, terapevt, pediatr, nevropatolog, kardiolog, endokrinolog, oftalmolog, otorinolaringolog, urolog, ortoped-travmatolog, stomatolog, dermato-venerolog kabi o‘nlab mutaxassislar turli yoshdagi aholini malakali tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi