Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridagi Usmon Nosir va Bobur ko‘chalari kesishgan chorrahada 14-fevral kuni taxminan ertalabki 5:40 da Nexia va Matiz avtomobillari to‘qnashib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga xabar qoldirgan Matiz haydovchisi foydalanuvchilardan ushbu hodisaga guvohlarni topishda yordam so‘ragan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Matiz haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, u asosiy yo‘l bo‘ylab svetoforning yashil chirog‘ida kelayotgan vaqtda Nexia uning chap orqa tomoniga kelib urilgan. Shundan keyin Matiz ag‘darilib, uch marta aylanib ketgan. Avtomobil ichida bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi ayol omon qolgan. Foydalanuvchilardan biri voqea joyida Matiz’ni ag‘darilgan holda, Nexia’ni ham ko‘cha o‘rtasida zarar yetgan holda ko‘rganini yozgan. Guruhning bir a’zosi Nexia’ni, yana biri Matiz’ni evakuatorda olib ketishayotganiga guvoh bo‘lganini ma’lum qilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foydalanuvchilar ushbu hodisada aybdor kimligi haqida turli taxminlar bildirgan. Jumladan, agar chorrahadagi ikkala svetofor ham yashil chiroqni ko‘rsatgan bo‘lsa, chorrahaga keyin kirgan avtomobil haydovchisi aybdor bo‘lishi ta’kidlangan. Matiz haydovchisining ta’kidlashicha, dastlab chorrahada unga bir Nexia yo‘l bergan, biroq shu zahoti boshqa Nexia paydo bo‘lib, uni urib yuborgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Suratlarga izoh bildirganlarning aksariyati bunday holatdan omon chiqish mumkinligidan hayratlarini yashirmagan. Shuningdek, Matiz haydovchisiga bu holatda qanday yo‘l tutish lozimligi bo‘yicha maslahatlar ham berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi