Ushbu haftada o‘zbekistonlik hujumchi Ivan Nagayevning otasi vafot etganiga qaramay, futbolchi “Al-Qodisiya” safini tark etmadi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
U jamoasi bilan “Kazma”ga qarshi bo‘lib o‘tgan safar o‘yinida maydonga tushdi. Bu bahsda “Qodisiya” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan keyin poytaxtliklar 35 ochko bilan “Al-Arabiy”ga tenglashib oldi.
“Qodisiya”ning ispaniyalik bosh murabbiyi Antonio “Kazma”ga qarshi o‘yindagi g‘alabani Nagayevga bag‘ishlashini ta’kidlab, Chempionlar ligasi o‘yiniga katta ahamiyat qaratish lozimligini aytib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Al-Qodisiya” 17-fevral kuni OChL saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi mehmoni bo‘ladi. Klub rahbariyati jamoaning OChL guruh bosqichiga chiqishi uchun pul mukofoti va’da qildi.
Izoh (0)