“O‘zavtosanoat” AK ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda tarmoq korxonalari tomonidan 8,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Jumladan, yengil avtomobillar 245,7 ming dona, Isuzu avtobus va yuk avtomobillari 3,8 ming dona, MAN yuk avtomobillari 1,2 ming dona, shuningdek, kuch agregatlari 133,7 ming donani tashkil etdi. 55 mingdan ziyod yengil avtomobil hamda zaxira qismlar eksportga yetkazildi.
“O‘zavtosanoat” AK korxonalarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, shuningdek, Indoneziya, Braziliya, Turkiya va Koreya mamlakatlari bozorlarida xaridorgir.
2014-yilda Investitsiyaviy dastur doirasida 87,4 million AQSh dollari miqdorida 14 ta loyiha ishga tushirildi. Xususan, Lacetti avtomobili uchun fara va fonarlar, o‘rindiqlar, o‘rta va kichik hajmdagi plastik qismlar hamda interyer, chiqarish tizimi detallari, bamperlar, uskunalar paneli va “Damas” uchun boshqa plastmassali qismlar va boshqa ko‘plab tegishli anjomlar ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Kompaniya korxonalari tomonidan mahalliylashtirish Dasturi doirasida hammasi bo‘lib 141,1 milliard so‘m miqdorida 16 ta loyiha bo‘yicha mahsulotlar yetkazish ta’minlandi.
Izoh (0)