Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik olimlar ta’kidlashicha, sayyoramiz yadrosi shu paytgacha aytib kelinganidek ikkita elementdan emas, balki uchta elementdan tarkib topgan, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.

Foto: rg.ru

Foto: rg.ru

Shu paytga qadar ta’kidlab kelinishicha, mantiya ostida taxminan 2900 kilometr chuqurlikda geosfera joylashgan. U 2200 km radiusda suyuq tashqi yadro va 1300 km radiusda qattiq ichki yadrodan iborat. Qattiq yadro yuzasidagi harorat Selsiy bo‘yicha taxminan 6000 darajaga tengdir.

Amerikalik olim Syaodun Sun va uning hamkasblari esa ushbu yadrodagi uchinchi qatlamni aniqladi. Ular yer qa’rini kuchli zilzilalar chog‘ida paydo bo‘ladigan seysmik to‘lqinlar orqali o‘rgandi. Natijada ma’lum bo‘lishicha, Yerning ichki qattiq yadrosi ikki qismdan iborat, uning radiusi birinchisidan ikki marta kichikdir.

Ushbu kashfiyot keyingi tadqiqotlar davomida batafsil o‘rganiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi