O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Fransiyaning Monpelye shahrida davom etayotgan yirik tennis turnirining juftliklar bahsidagi ishtirokini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Istomin xuddi yakkalikda bo‘lgani kabi juftliklar bahsida ham 6-raqam ostida tasniflangan edi. U rossiyalik hamkori Aleksandr Kudryavsov bilan birga ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi — Dominik Inglot (Britaniya) hamda Merja Florin (Ruminiya) tandemiga 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)