Moskvadagi “Domodedevo” aeroportida “VIM-Avia” aviakompaniyasining Andijonga uchadigan reysi noqulay ob-havo sharoitlari tufayli qariyb bir sutkaga ushlanib qoldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Jadval bo‘yicha, “VIM-Avia” aviakompaniyasining NN-997 reysi bilan uchuvchi Boeing 757-200 samolyoti 4-fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 22:40 da havoga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan, biroq yuqorida keltirilgan sabab tufayli samolyot 5-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:47 da uchishi kutilmoqda.
Aviakompaniyaning qayd etishicha, tuman tufayli aeroportda 50 metrdan uzoqni ko‘rib bo‘lmayapti. Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida reys vaziyat yaxshilanguncha qoldirilgan. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va ichimliklar taqdim etilgan. Aeroportni tark etishni istaganlarni mehmonxonalarga joylashtirishga qaror qilingan. Ushbu reys uchishini jami 218 nafar yo‘lovchi kutmoqda. 133 yo‘lovchi reys qoldirilishi haqida oldindan ogohlantirilgan va ular aeroportga kelmagan.
Izoh (0)