Malayziya maxsus xizmatlari shaxsiy tarkibi mamlakat hududida teraktlar xavfi tufayli yuqori shaylik holatiga keltirildi, deya xabar bermoqda “TASS” Malayziya mudofaa vaziri Xishamuddin Husaynga tayanib.
“Filippinda malayziyalik terrorchi Zulkifli Xir yo‘q qilingani haqidagi ma’lumot tasdiqlangach, mamlakat maxsus xizmatlari yuqori shaylik holatiga keltirildi. Biz ekstremistlarning har qanday harakatlariga tayyor turishimiz kerak”, — dedi vazir.
Izoh (0)