APL klublari qishki transferlar chog‘ida 130 million funt sarfladi, deya xabar beradi “Stadion.uz” Inside World Football axborotiga tayanib.
Manbada keltirilishicha, 2014-yilda ham shunga yaqin pul sarflangan.
Sarflangan pullarning deyarli yarmi “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Arsenal” klublariga to‘g‘ri kelgani aytilmoqda.
2011-yilda qishki transferlar uchun sarflangan 225 million funtlik rekord yangilanmay qoldi. Ammo bu mavsumning yozgi va qishki transferlari uchun sarflangan pullarni qo‘shib hisoblaganda 950 million funt kelib chiqmoqda. Bu esa barcha mavsumlar uchun rekord natijadir.
Avvalgi rekord 2013/14 mavsumga tegishli bo‘lib, u 760 million funt sterlingni tashkil etgandi.
Izoh (0)