Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Microsoft brendi ostidagi birinchi mobil qurilma — Microsoft Lumia 535 smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Bonus sifatida o‘zbekistonlik xaridorlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan selfi uchun shtativ (selfi stik) va 4 Gb hajmga ega microSD kartochkasi taklif etiladi.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

Microsoft Lumia 535 smartfoni 2014-yilning kuzida taqdim etilgan edi. Modelning old va orqa panellaridagi Nokia logotipini endi Microsoft nomi egalladi.

Smartfonda 5 dyuym 540×960 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor xotira, har biri 5 megapikselli old va orqa kamera o‘rnatilgan.

Smartfon quyi xususiyatlarga ega hisoblansa-da, uning old kamerasi bu turdagi smartfonlar orasida juda yaxshi — unda ranglarni avtomatik ravishda tiniqlashtiruvchi funksiya hamda kengroq tasvir olish imkoniyati yaratilgan.

Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida qurilmani 532 ming so‘mga xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)