Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida “Ayollar maslahat markazi” faoliyat boshladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. G‘afurova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator N. Rabbimova va boshqalar Prezident rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ijtimoiy mavqeini yuksaltirishga izchil e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Markazda tuman va shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, sog‘liqni saqlash va adliya boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazilib, shu kabi muassasalarni boshqa hududlarda ham tashkil etish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Izoh (0)