Erkin kurash bo‘yicha Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazzilgan Paris Grand Prix xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchi Rashid Qurbonov g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
U musobaqada 74 kg vazn toifasida qatnashib, finalda rossiyalik raqibi Osman Isakov ustidan osonlik bilan g‘alaba qozondi. O‘yinda 10:2 hisobi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rashid Qurbonov o‘tgan yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan, biroz o‘tib, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida bronza medal bilan kifoyalangan edi.
Rashid Qurbonov 2014-yil yakunlari bo‘yicha Dunyo Kurash uyushmasi (UWW) tuzib chiqqan reytingda erkin kurash yo‘nalishida 7-o‘rinda qayd etilgan.
Izoh (0)