Gollandiyaning Xilversyum shahrida qurolli kishi NOS telekanali studiyasida kechki yangiliklar efirini buzganidan so‘ng hibsga olindi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
Telekanal xodimlari binodan evakuatsiya qilindi, studiya faoliyati bir soatcha vaqt davomida to‘xtatib qo‘yildi.
Qora kostyum, oq ko‘ylak va qora galstukdagi qurolli kishi efirga chiqishni mo‘ljallagan.
U to‘pponcha tutgan holda bo‘sh studiyadan yurib o‘tdi. Qurollangan politsiyachilarni ko‘rgach, qurolni tashladi va hibsga olindi.
Keyinroq, undagi qurol soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Matbuot xabarlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxsning yoshi 19 da bo‘lib, u Gaaga shahri yaqinida istiqomat qiladi. Uning ushbu xatti-harakati sabablari hali aniq emas.
Izoh (0)