Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta oxirida O‘zbekistonda yana qor yog‘ishi mumkin.

Arxiv. Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

Arxiv. Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

27−31-yanvarda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda tuman tushadi, avtomobil yo‘llarida yaxmalak bo‘ladi. 27−30-yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

28−29-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11−13° sovuq, kunduzi 0−2° sovuq bo‘ladi. Respublikaning boshqa hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shimolda kechasi 15−20° sovuq, kunduzi 5−10° sovuq, janubda kechasi 5−10° sovuq, kunduzi 2° sovuq − 3° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 30-yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 30-yanvar−1-fevralda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’i joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5−10° sovuq, kunduzi 0−10° iliq bo‘ladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)