Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Kordoba”ga qarshi (2:1) uchrashuvda himoyachi Edmarning yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan “Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan qutulib qolishi mumkin, deb xabar beradi “Stadion.uz”.

Foto: stadion.uz

Foto: stadion.uz

Uchrashuvni boshqarib borgan Alexandro Xose Ernandes o‘yin bayonnomasiga ushbu vaziyatni quyidagicha izohlagan: “83-daqiqada Ronaldu to‘pga egalik qilmagan raqibga zarba berdi”.

Marca nashrining taxminicha, hakam Ronalduning xatti-harakatini “tajovuzkor” sifatida baholamagani uchun futbolchining diskvalifikatsiyasi uzoq muddatli bo‘lmasligi mumkin.

Har qanday holatda ham Krishtianu kelasi turda bo‘ladigan “Real Sosyedad”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi