Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib boryapti, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Erkaklar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslarida mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin juftlik musobaqasida ham o‘z ishtirokini yakunladi.
Denis Istomin qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan birga ilk davrada avstraliyalik tennischilar tandemi — Tanasi Kokkinakis va Nik Kirgiosdan 6:3, 2:6, 6:2 hisobida ustun kelgan edi.
Biroq ikkinchi davrada Istomin va Golubev xorvatiyalik Ivan Dodig hamda braziliyalik Marselo Melo juftligiga 2:6, 6:3, tay-brekda 6:7(3:7) hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu tariqa, Istomin Australia Open chempionatidagi ishtirokini omadsiz yakunladi.
Izoh (0)