Osiyo Kubogi chorak finalining so‘nggi o‘yini bo‘lgan Yaponiya — BAA uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa BAAga omad kulib boqdi.
Yaponiyaning ikki yetakchi futbolchisi — “Milan” safida to‘p suradigan Xonda va “Borussiya” a’zosi Sindzi Kagava penaltini aniq bajara olmadi. Uchrashuv davomida raqib darvozasiga bor-yo‘g‘i 3 ta aniq zarba bergan BAA termasi endilikda yarim finalda Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Yaponiya — BAA: 1:1 (penalti bo‘yicha 4:5)
Gollar: 0:1 — 7 Mabxut, 1:1 — 81 Sibasaki.
Yaponiya: Kavasima, Sakai, Morisige, Nagatomo, Yosida, Inui (Muto, 46), Endo (Sibasaki, 54), Xasebe, Kagava, Xonda, Okadzaki (Toyoda, 65).
BAA: Nosir, Sankur, Xussain (Ahmad, 76), Salim, Ahmad, Abdurrahmon, Abdurrahmon (Hassan, 54), Ismoil, Xalil (Fardan, 58), Mabxut, Al-Xammadi.
Ogohlantirishlar: Al-Xammadi (26), Ismail (45), Ahmad (116), Abdurrahmon (119).