O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2015-yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Charles Richard Vernon Stagg bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Tomonlar mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashar ekan, Afg‘onistondagi holatga alohida e’tibor qaratdi.
Suhbatda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Edgar ishtirok etdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar