Tailand poytaxti Bangkok shahridan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Kxao Yay milliy bog‘ida yovvoyi fillar so‘nggi haftada uch marta sayyohlarning avtomobillariga hujum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisalar oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan, biroq avtomobillarga jiddiy zarar yetgan. Barcha uch hujum shosse yo‘lining bog‘ hududidan o‘tuvchi aynan bir hududida sodir etilgan. Bu yo‘ldan avtokempinglarda dam olish uchun bog‘ga tashrif buyuruvchi sayyohlar foydalanishi qayd etilgan.
Birinchi holatda qarshisidan fil chiqqan avtomobil signal chalganda, ikkinchisida avtomobilning uzoqni yorituvchi chirog‘i bilan filni haydashga urinilganda, uchinchisida esa fotoapparat obyektivi yorug‘ligi yo‘naltirilganda erkak fillar avtomobillarga hujum qilgan.
Izoh (0)