“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Suhbat davomida Lionel Messi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan o‘rtasida kelishmovchilik borligini tasdiqladi. Argentinalik futbolchi klub prezidentidan bu borada biror chora ko‘rishni so‘radi.
O‘z navbatida, Xosep Mariya Bartomeu yaqin vaqtlar ichida murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis jalb qilinishi va lozim bo‘lganda bu inson bosh murabbiylik vazifasini bajarishga kirishishiga va’da berdi.
Avvalroq “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike va jamoa hujumchisi Lionel Messi o‘rtasidagi ziddiyatning ba’zi tafsilotlari ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)