Ispaniya professional futbol ligasi 18-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Atletiko Madrid” o‘rtasidagi o‘yindan oldin kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messini qutlash marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Marosim argentinalik futbolchining Telmo Sarra rekordini yangilab, Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar nomiga sazovor bo‘lgani munosabati bilan o‘tkaziladi.
“18-turda bo‘lib o‘tadigan ‘Barselona’ va ‘Atletiko’ o‘rtasidagi uchrashuv Messini tabriklash uchun qulay fursat”, — dedi Ispaniya ligasi prezidenti Xavyer Tebas.
Marosimda Telmo Sarraning oila a’zolari qatnashishi kutilayotgan edi. Biroq shaxsiy sabablarga ko‘ra uning qarindoshlari “Kamp Nou” stadioniga tashrif buyura olmaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)