OFK rahbariyati Avstraliyada boshlanadigan Osiyo kubogining ochilish uchrashuvini o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga ishonib topshirdi. Bu haqda “Stadion.uz” sayti xabar tarqatdi.
“A” guruhi vakillari — Avstraliya va Quvayt o‘rtasidagi uchrashuv 9-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi. O‘yin Melburndagi Rectangular Stadium’da bo‘lib o‘tadi.
Ravshan Ermatov faoliyati davomida uchinchi marta Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi. U ilk marta qit’a chempionatining ochilish o‘yinida ishlaydigan bo‘ldi. Osiyo kubogi−2004’da hamyurtimiz bitta o‘yinni boshqargan. 2007-yilda bo‘lib o‘tgan turnirda Ermatov ishtirok etmagan. Boisi, u Kanadadagi yoshlar o‘rtasidagi JChga taklif olgan.
O‘zbekistonlik referi Osiyo kubogi−2011’da 4 ta o‘yinni boshqardi, jumladan, final o‘yini ham Ermatovga topshirilgan. Qatardagi musobaqaning ochilish o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etganidan xabaringiz bor.
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi−2015’da Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi. Avstraliyadagi turnirda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlarimiz ham ishtirok etyapti.
Izoh (0)