Hindistonning Chennay shahrida shaxmat bo‘yicha 7 th Chennai International Open Grandmaster Chess Tournament musobaqasi yakunlandi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnirda Marat Jumayev (2532) O‘zbekiston sharafini himoya qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Quvonarlisi, Marat Jumayev musobaqa sovrindorlari safidan joy oldi. Turnirning so‘nggi 10-turida samarqandlik grossmeyster qora donalarda ukrainalik Eldar Gasanov (2526) bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi va durangga imzo chekdi. So‘nggi tur oldidan bir yo‘la 7 shaxmatchi 7 ochkodan jamg‘arishgandi.
Yakunda 8 nafar grossmeysterning to‘plagan ochkolari 7,5 tadan bo‘lib qoldi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ragina rossiyalik Ivan Popov turnir g‘olibiga aylandi. Marat Jumayev esa musobaqa vitse-chempioni bo‘ldi. Kuchli uchlikka yana bir rus shaxmatchisi Mixail Mojarov yakun yasadi.
Izoh (0)