“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Hududlarda EVDO texnologiyasidan foydalangan holda yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etuvchi UzMobile’ning CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berishga tender e’lon qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Tender ikkita to‘plam bo‘yicha e’lon qilingan bo‘lib, birinchisi “UzMobile filialining CDMA-450 mobil tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida rivojlantirish”, ikkinchisi “UzMobile filialining CDMA-450 mobil tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining shimoliy hududlarida rivojlantirish” loyihasidir.
Uskunalar va xizmatlarning eng yuqori narxi birinchi to‘plam bo‘yicha 6,9 million dollarni, ikkinchi to‘plam bo‘yicha 5,8 million dollarni tashkil etadi. Loyiha “O‘zbektelekom”ning o‘z mablag‘lari evaziga (15 foiz) va yetkazib beruvchining besh yillik krediti hisobiga moliyalashtiriladi. Tender takliflari 2015-yil 6-fevralgacha qabul qilinadi.
Izoh (0)