O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov va Birinchi vitse-prezident Sardor Rahmatullayev Melburndagi OFK Kongressiga boradi. Bu haqda O‘FF rasmiy tvitteridagi axborotga tayanib, “Uff.uz” xabar beradi.
Usmonov va Rahmatullayev OFK Kongressidan tashqari, Osiyo Kubogining 9-yanvardagi ochilish uchrashuvi (Avstraliya — Quvayt)ga ham taklif qilingan.
Ular, shuningdek, 10-yanvar kuni Sidneyda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham ishtirok etadi.
Izoh (0)