Malayziya va amerikalik qutqaruvchilar Yava dengizida AirAsia aviakompaniyasi samolyoti qulagan joydan yana yetti kishining jasadini topdi. Bu haqda 2-yanvar, juma kuni Indoneziya G‘arbiy floti qo‘mondoni admiral Vidodo ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz” “RIA Novosti”ga tayanib.
“AQShning Sampson harbiy kemasi olti kishining jasadini, Malayziyaning Hang Lekir kemasi bir kishining jasadini topdi”, — deb admiralning so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tdi “Detik.com” internet-portali.
Avvalroq indoneziyalik qutqaruvchilar 9 kishining jasadini topganliklari haqida xabar berilgan edi.
Admiralning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Sampson esminetsi qurbonlarni qidiruv-qutqaruv operatsiyasining bosh bazasiga aylangan Kalimantan (Borneo) orolining janubi-g‘arbidagi Pankalanbuun shahriga yetkazadi.
Malayziyalik harbiy dengizchilar esa samolyot bo‘laklarini Indoneziya Harbiy dengiz kuchlarining Banda Aceh kemasiga ortadi. U yerdan bu topilmalar vertolyot yordamida bosh bazaga yetkaziladi.
Izoh (0)