Bugungi taomnomada — chizkeyk
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 1 soat-u 30 daqiqa vaqt va 45 805 so‘m talab etiladi.
Zarur masalliqlar:
- 450 g Filadelfiya pishlog‘i
- 150 g qattiq pechenye
- 100 g shakar upasi
- 250 g qaymoq
- 3 ta tuxum
- 100 g saryog‘
Tayyorlanishi:
1. 150 g qattiq pechenyeni blender yordamida maydalab olamiz.2. Unga 100 g saryog‘ solib, xamir tayyorlaymiz.
3. Xamirni formaning tubiga tekis qilib yoyamiz. Uni 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 5—7 daqiqa davomida pishiramiz.
4. 450 g Filadelfiya pishlog‘ini alohida idishga solib, unga 3 ta tuxum, 100 g shakar upasi va 250 g qaymoqni qo‘shamiz.
5. Masalliqlarni silliq massaga aylanguniga qadar yaxshilab aralashtiramiz.
6. Tayyor kremni formadagi xamir ustiga tekislab yoyamiz.
7. Uni 100 darajagacha qizdirilgan duxovkada 1 soat davomida pishiramiz. Chizkeyk pishib chiqqach, uni olib, likopga solamiz va ta’bga ko‘ra bezatamiz.
Chizkeyk tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu pishiriqni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 28-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi RomAntica restorani va shaxsan bosh oshpaz Shuhrat Islomovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida ananas bilan tovuq pishiramiz va oshqovoqli sudak tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)