Toshkent shahrida joylashgan restoranlardan birining xo‘jayini o‘z xonasida marixuana saqlagani uchun ichki ishlar organlari tomonidan hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Restoran rahbari o‘z xonasida yashirincha holda marixuana solingan bir nechta paketchalarni saqlagani ma’lum bo‘ldi.
Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov jarayonida gumondorga giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash va sotish bo‘yicha qo‘yilgan ayblar to‘liq isbotlangan.
Izoh (0)