Rossiyaning “Chempionat” sayti Rossiya Premyer Ligasida eng kuchli zarbaga ega futbolchilar o‘nligini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham o‘rin olgan. “Krasnodar” futbolchisi reytingda to‘rtinchi o‘rinda ko‘rsatilgan.
Ahmedovdan oldingi o‘rinlarni Xalk, Sergey Iganshevich, Denis Glushakov egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Vitaliy Dyakov, Vladimir Rikov, Yura Movsisyan, Roman Yeryomenko, Joazinyo va Roman Pavlyuchenko egallagan.
Izoh (0)