Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan uylardan birida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Tumandagi qishloqlardan biridagi xonadonga muqaddam sudlangan 21 yoshli yigit derazadan kirib, uydagi 1,5 million so‘m, 350 dollar va noutbukni olib chiqib ketgan.
Xonadon egasi o‘g‘rilik sodir etilganini payqagach, tezda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Huquq muhofazachilari tomonidan shu qishloqda yashovchi yigit ushbu jinoyatni sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Izoh (0)