2015-yilda O‘zbekistonda avtotransport vositalariga siqilgan gaz uchun ballonlarini o‘rnatish bo‘yicha sertifikatlashtirilgan markazlar tarmog‘ini yaratish loyihasi boshlanadi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Ikki yil ichida respublika bo‘ylab 10 ta shunday markaz qurilishi rejalashtirilmoqda. Janubiy Koreyaning ENK kompaniyasi xorijiy investor sifatida qatnashadigan loyihaning umumiy qiymati 7,5 million dollarga teng bo‘lib, bundan 2,5 million dollari 2015-yilda o‘zlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda “Navoiy” EIIZda “O‘zavtosanoat” va Italiyaning Landi Renzo S.p.A. kompaniyasi ishtirokida avtomobillar uchun siqilgan gazda ishlovchi uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Avtosanoat – Landi Renzo qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.
Izoh (0)