LG Electronics kompaniyasi 2015-yil avvalgisi kabi innovatsiyalarga boy bo‘lishini ma’lum qilmoqda.
Texnologiyalar va dizayn
LG texnika bozorining so‘nggi tendensiyalarini diqqat bilan kuzatar ekan, yangi urfga ergashuvchi emas, balki uning yaratuvchisi bo‘lishga intiladi. 2014-yil yozida kompaniya o‘zining uzoq kutilgan loyihasi — G Watch “aqlli” soatlarini taqdim etdi. Qurilma ekranining kichikligi va standart dizayni tufayli raqobatbardoshlikni saqlab qola olmadi. Kompaniya vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda yangi G Watch R modelini ishlab chiqardi. Bu model katta yumaloq ekranli zamonaviy dizayni bilan farqlanadi.
G Watch R soatlari LG’ning yetakchi mahsulotlaridan bo‘lib, kompaniya ularni 2015-yilda yanada rivojlantiradi.
OLED texnologiyasi va kvant nuqtalari
2014-yil sentabrida kompaniya 4K OLED TV’ni taqdim etib, 4K Ultra HD’ni OLED bilan birlashtirish mumkinligini isbotladi.
Kelgusi yil esa bozorda yangi texnologiya — kvant nuqtalari bilan ishlovchi televizorlar paydo bo‘la boshlaydi. Garchi ular 4K OLED TV kabi ajoyib tasvir sifati bilan ajralib turmasa-da, ishlab chiqarish jarayonining soddalashtirilganligi bilan farqlanadi va organik nur taratuvchi diodlar (OLED)dan foydalanishdagiga nisbatan ancha past narxda ham arzirli sifatga ega bo‘lishi ta’minlanishi mumkin.
Kvant nuqtalari texnologiyasi oddiy suyuq kristalli panelga qo‘shimcha qatlam — maxsus nur taratuvchi elementlari bo‘lgan plyonkalarni qo‘shishni nazarda tutadi.
Mobil kompyuterlar
G3 smartfoni LG Electronics kompaniyasi qachondir chiqargan mahsulotlarning eng “aqlli”sidir. Unga joylashtirilgan kuchli apparatlar undan ko‘p funksiyali rejimda muammosiz, samarali foydalanish imkonini beradi. Ammo tahlilchilarning bashoratiga ko‘ra, G3 kabi baquvvat mobil qurilmalar borgan sari kuchayib boraveradi, kompaniyalar esa mobil qurilmalar foydalanuvchilarining talablarini qondirishga qaratilgan unumdorlikni oshirish yo‘lini tutadi.
Mobil kompyuterlar rivojlanishda davom etmoqda va yaqin kelajakda butun diqqat-e’tibor bir qancha qurilmalararo bor narsalarni sinxronlashtirishga va ma’lumotlarni turli devayslarga o‘tkazish imkoniyatiga qaratiladi. Vaqt o‘tishi bilan, ilovalar bir vaqtning o‘zida bir qancha qurilmalarda foydalaniladigan bulutli servislarni saqlab turish uchun rivojlanib boradi.
Izoh (0)