UEFA matbuot bo‘limi rahbari Pedru Pintu Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasida kechgan jahon chempionati finalida “San Lorenso” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘tkazilgan taqdirlash marosimida UEFA rahbari Mishel Platini qo‘lini siqmagani borasida izoh bildirib o‘tdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Krishtianu Ronaldu taqdirlash marosimi boshlanmasidan avval Platini bilan ko‘rishib bo‘lgan edi. U medal olish uchun ortga qaytgan vaqtda Platini Anchelotti bilan gaplashib turgandi. Shu sababli Ronaldu chetlab o‘tib ketgan.
O‘z tomonimdan shuni kafolatlashim mumkinki, bu o‘rinda hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Men Platini bilan gaplashib oldim va u odamlarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri fikrdan xafa ekanini bildirdi. Odamlar Platini Ronalduni yoqtirmaydi, deb o‘ylamoqdalar. Ammo bu noto‘g‘ri”, - dedi Pintu.
Izoh (0)