Valentin Kovalenko boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Tailand va Malayziya terma jamoalari o‘rtasida kechgan Sharqiy Osiyo Kubogi (Suzuki Cup — 2014) finali dastlabki uchrashuvini boshqardi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
17-dekabr kuni Bangkok shahrida o‘tkazilgan ilk final bahsida Tailand Malayziya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ma’mur Saidqosimov hamda Jahongir Saidov yordam berdi.
Malayziya va Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ASEAN mintaqasining jami sakkizta terma jamoasi ishtirok etgan mazkur turnirda Kovalenkodan tashqari yana bir o‘zbekistonlik referi — Ilgiz Tantashev ham hakamlik qilgan edi.
Izoh (0)