Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ma’lumki, 2015-yilning 9−31-yanvar kunlari Avstraliyada futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkaziladi. O‘n oltinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 16 terma jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot markazi guruh o‘yinlarining vaqti (Toshkent vaqti bilan)ni taqdim etdi.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Osiyo kubogi−2015 guruh bahslari 9-yanvar kuni “A” guruhi vakillari Avstraliya va Quvayt terma jamoalari uchrashuvi bilan boshlanadi (ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi). Musobaqa finali 31-yanvar kuni Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00 da (Toshkentda 14:00 bo‘ladi) boshlanadi.

“B” guruhidan o‘rin egallagan O‘zbekiston terma jamoasi 1-tur uchrashuvida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin 10-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Quyida, guruh o‘yinlarining vaqti (Toshkent vaqti bilan) ko‘rsatilgan:

1-tur

“A” guruhi 9-yanvar14:00 - Avstraliya - Quvayt10-yanvar10:00 - Janubiy Koreya - Ummon

“B” guruhi 10-yanvar12:00 - O‘zbekiston - KXDR13:00 - Saudiya Arabistoni - Xitoy

“C” guruhi 11-yanvar12:00 - BAA - Qatar14:00 - Eron - Bahrayn

“D” guruhi 12-yanvar12:00 - Yaponiya - Falastin14:00 - Iordaniya - Iroq

2-tur

“A” guruhi 13-yanvar12:00 - Quvayt - Janubiy Koreya14:00 - Ummon - Avstraliya

“B” guruhi 14-yanvar12:00 - KXDR - Saudiya Arabistoni13:00 - Xitoy - O‘zbekiston

“C” guruhi 15-yanvar12:00 - Bahrayn - BAA14:00 - Qatar - Eron

“D” guruhi 16-yanvar12:00 - Falastin - Iordaniya13:00 - Iroq - Yaponiya

3-tur

“A” guruhi 17-yanvar14:00 - Avstraliya - Janubiy Koreya14:00 - Ummon - Quvayt

“B” guruhi 18-yanvar14:00 - Xitoy - KXDR14:00 - O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni

“C” guruhi 19-yanvar14:00 - Eron - BAA14:00 - Qatar - Bahrayn

“D” guruhi 20-yanvar14:00 - Iroq - Falastin14:00 - Yaponiya - Iordaniya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)