Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vengriyaning Dyor shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasida 18-dekabr kuni 7-tur uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Foto: olampsort.com

Foto: olampsort.com

Olimpiadada 21-raqam ostida tasniflangan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlab 6-turda mo‘g‘ulistonlik shaxmatchilarni yirik 4:0 hisobida taslim etgandi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan 7-turda Mamatqul Haylayev shogirdlari Vengriyaning ikkinchi raqamli jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Vengriya-2 Olimpiadaning 10-raqamda saralangan terma jamoasi hisoblanadi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi mag‘lubiyatiga aylandi. Bundan avval terma jamoa Olimpiadaning 5-turida Vengriyaning birinchi raqamli jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

8-tur oldidan O‘zbekiston yoshlari 18-o‘rindan joy olgan.

Vengriya-2 — O‘zbekiston: 3:1:

  • Gergo Xavasi (2353) — Ortiq Nig‘matov (2236)  1:0
  • FM Adam Kozak (2307) — Nodirbek Yoqubboyev (2144)  0,5:0,5
  • FM Armin Juxash (2268) — Bahora Abdusattorova WFM (2216)  1:0
  • Peter Jiray (2301) — Nodirbek Abdusattorov FM (2186)  0,5:0,5

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi