Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha yosh paralimpiyachilar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari boshlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

O‘zbekiston paralimpiyachilari orasida dzyudo sport turining ommaviylik darajasini yanada oshirish hamda o‘smirlar terma jamoasiga iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidan kelgan 100 nafarga yaqin umidli sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. Musobaqada o‘smirlar 7 vazn toifasida, qizlar esa 4 vaznda bellashmoqda.

Chempionatda sovrinli o‘rinlarni band etgan hamda terma jamoa murabbiylari nazariga tushgan yosh sportchilar o‘smirlar terma jamoasi yig‘inlariga jalb etilib, 2015-yilda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?