Bugungi taomnomada — “Toshkent” salati
Ushbu salatni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa vaqt va 12 410 so‘m talab etiladi.
Zarur masalliqlar:
- 200 g turp
- 200 g mol go‘shti
- 100 g piyoz
- 2 ta tuxum
- 200 g bodring
- 100 g mayonez
- tuz
- murch
Tayyorlanishi:
1. 2 ta tuxumni qaynatib olamiz.2. 200 grammdan turp va bodringni hamda 2 ta qaynatilgan tuxumni somoncha shaklida to‘g‘raymiz. Achchiq ta’mini yo‘qotish uchun, mayin to‘g‘ralgan turpni 10—15 daqiqaga muzdek suvga solib qo‘yamiz.
3. 100 g piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovurib olamiz.
4. Go‘shtni ta’bga ko‘ra qaynatib yoki qovurib pishirib olamiz. Uni ham somoncha ko‘rinishida to‘g‘raymiz.
5. To‘g‘rab tayyorlangan masalliqlarning barchasini katta idishga solamiz.
6. Ustiga 100 g mayonez, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shib, aralashtiramiz.
7. Salatni likopchaga solib, bezatamiz. Biz biroz rang qo‘shish maqsadida salatga pomidor ham qo‘shib yubordik, aslida esa “Toshkent” salati pomidorsiz tayyorlanadi.
Salatimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Oshxona.uz restorani va shaxsan bosh oshpaz Bahriddin Chustiyga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida chizkeyk va olmali shtrudel tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)