Qozog‘istonning Olma-ota shahrida K. Bulekpayev sovrini uchun tezkor shaxmat bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Anton Filippov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Yakunda uch nafar grossmeyster bir xil − 7 tadan ochkoga ega bo‘lib qolishdi. Turnir reglamentiga ko‘ra, g‘olib nomi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga binoan aniqlandi. Unda mezbon shaxmatchi Yevgeniy Vladimirov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ukrainalik Aleksandr Zubarev hamda o‘zbekistonlik Anton Filippov kuchli uchlikdan joy olishdi.
- Yevgeniy Vladimirov 7.0 53.5 40.00 38.5 2573 (2655) +0.79
- Aleksandr Zubarev 7.0 51.5 39.50 36.0 2510 (2655) +1.60
- Anton Filippov 7.0 51.0 37.25 35.5 2583 (2617) +0.34
Izoh (0)