Kelasi 2015-yildan boshlab O‘zbekiston Oliy ligasida yana 16 ta jamoa ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Birinchi liga yakunlariga ko‘ra, “Sho‘rtan” bilan “Qo‘qon — 1912” oliy ligaga chiqqan bo‘lsa, PFL qaroriga muvofiq “Andijon” va “So‘g‘diyona” elitadan tushib ketmaydigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yilgi mavsum uchun oliy liga klublarining PFLga to‘laydigan badal puli miqdori 100 million so‘m bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bu mavsum uchun klublar PFL hisob-raqamiga 90 million so‘mdan o‘tkazib berdi.
Izoh (0)