Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar majmua va zamonaviy biznes markazi paydo bo‘ladi. Bu haqda Toshkent arxitektura va qurilishi bosh boshqarmasi rahbari Asomiddin Tojiyevga asoslanib “Porobno.uz” xabar berdi.

Foto: nasimov.uz

Foto: nasimov.uz

Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning fasadini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Loyihaga binoan, binoning dastlabki uch qavatida restoran, sportzallar va bouling markazi joylashadi. Shuningdek, basseynli fitnes zali ham faoliyat ko‘rsatadi. Qolgan qavatlar ofislar uchun ajratiladi. Bino yangi eskalator va liftlar bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari 1,5 yil davom etishi ko‘zda tutilgan. Bu binoning shakli bilan bog‘liq bo‘lib, unda to‘rtburchak xonalar deyarli mavjud emas. Shu sababli zallarni uskunalar, jihozlar va mebellar bilan ta’minlash ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Navro‘z bayramigacha bino fasadi rekonstruksiyasi tugatilishi rejalashtirilgan, natijada sobiq mehmonxona butunlay yangicha ko‘rinish oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova