Samarqand shahrida yo‘lovchi eltuvchi korxonalar tomonidan yettita yangi Isuzu avtobuslari xarid qilinib, o‘ndan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati.
Samarqand shahrining ichki yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Navobod trans” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan lizing asosida ikkita Isuzu NP37 rusumli avtobuslar xarid qilinib, Samarqand shahridagi “Sho‘rboyi mahallasi — Sattepo maskani” yo‘nalishiga qo‘yildi. Yangi avtobuslar sotib olinishi munosabati bilan yaratilgan ish o‘rinlariga to‘rt nafar haydovchi va mexanik qabul qilindi.
Jomboy tumanidagi “Qora Gavhar Oybek” MChJning avtotransport parki esa beshta Isuzu NP37 rusumli yangi avtobus bilan boyidi. Ayni paytda ushbu zamonaviy avtotransport vositalari “Jomboy tuman gaz korxonasi — Jomboy shahri — Samarqand, Shohi Zinda ABB” yo‘nalishida aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda. Yangi avtobuslar sakkizta ish o‘rnini yaratish imkonini berdi.
Izoh (0)