Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasining savdo va iqtisod masalalari bo‘yicha byurosi rahbari Andrey Zverevning ma’lum qilishicha, nemislarning GoalControl (“Gol nazorati”) kompaniyasi 2018-yilgi Jahon chempionati vaqtida qo‘llaniladigan maxsus moslamalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Ushbu tizim to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniq bilib olishga mo‘ljallangan.
“Hozirda Germaniyaning GoalControl kompaniyasi ishlab chiqayotgan loyihada hammasi ko‘ngildagidek ketmoqda. Sport musobaqalari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya bilan bizning o‘rtamizda JCh — 2018 uchun golni aniqlash moslamalari ustida loyiha muvaffaqiyatli boshlab yuborilgan.
Texnologiya Braziliyada o‘tgan oxirgi mundial bahslarida ham qo‘llanilgan edi. Hozirga kelib, agentlik kelishuviga erishilgan va allaqachon ushbu moslamalar o‘rnatiladigan stadionlar aniqlanmoqda”, — dedi Zaysev.
Izoh (0)