Kecha, 13-dekabr kuni Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasi (World Youth U-16 Chess Olympiad 2014) boshlandi. Bu haqda “Olamsport”ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etayogan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk tur uchrashuvida shveysariyalik shaxmatchilarga qarshi dona surdi. Ushbu bahsda Mamatqul Haylayev murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlari raqiblarini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ya’ni o‘zbekistonlik barcha shaxmatchilar raqiblarini yengdi.
Shveysariya — O‘zbekiston: 0:4
- Murad Abdulla (1958) — Nodirbek Yoqubboyev (2144) 0:1
- Lennart Koen (1846) — Bahora Abdusattorova WFM (2216) 0:1
- Deklan Shafi — Nodirbek Abdusattorov FM (2186) 0:1
- Euan Gray (1625) — Javohir Sindarov (2054) 0:1
Izoh (0)