Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2014-yilning 14—15-dekabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahridagi navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: sectsco.org

Foto: sectsco.org

Yig‘ilish kun tartibidan keng qamrovli xalqaro va mintaqaviy taraqqiyot masalalari yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan. ShHT Davlat rahbarlari kengashi (Dushanbe shahri, 2014-yil 12-sentabr) qarorlarini amalga oshirish doirasida Qozog‘iston, XXR, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qiladi.

ShHT kuzatuvchi davlatlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK), BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) va boshqa xalqaro tashkilotlarning mas’ul vakillari ham yig‘ilishga taklif etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova