Qozog‘istondagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida 11-dekabrdan boshlab benzin narxi arzonlashadi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi matbuot xizmatiga asoslangan “Tengrinews.kz”ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 10-dekabr kuni Qozog‘iston energetika vaziri narxi davlat tomonidan nazorat qilinadigan neft mahsulotlarini chakana sotish narxlarini belgilash to‘g‘risida buyruq chiqargan.
Ushbu buyruqqa asosan, 11-dekabrdan boshlab Qozog‘iston AYoQShlarida dizel yonilg‘isining bir litri 107 tenge (taxminan 815 so‘m), Ai-80 rusumidagi benzin 89 tenge (taxminan 680 so‘m), Ai-92/93 benzini 115 tenge (taxminan 880 so‘m)dan sotiladi.
Ekspertlarning fikricha, Qozog‘istondagi benzinning arzon narxlari uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. 2015-yildan boshlab narxlar qimmatlashuv tomon yana o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)