Monakoda o‘tayotgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 127-sessiyasida Kosovo milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining to‘laqonli a’zosi sifatida tan olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
“Kosovo Milliy olimpiya qo‘mitasi bir ovozdan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining yangi a’zosi sifatida ma’qullandi”, — dedi XOQ prezidenti Tomas Bax.
Shu tariqa, Kosovo sportchilari 2016-yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida mustaqil jamoa sifatida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kosovo olimpiya qo‘mitasiga 1992-yil asos solingan bo‘lib, 30 dan ziyod milliy sport federatsiyalarini birlashtiradi (shundan 13 tasi olimpiya sport turlari).
Izoh (0)